Kuzatuvchi » Siyosiy » FAN OLIMPIADALARI MARKAZI TASHKIL ETILADI

FAN OLIMPIADALARI MARKAZI TASHKIL ETILADI

“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-346-son) qabul qilindi. 

Qarorga ko'ra, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi (Markaz) tashkil etiladi. 

Qobiliyatli hamda fanlarni chuqur o'rganishga qiziqadigan yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Markazning asosiy faoliyat yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

2025-yildan Markaz tomonidan:

5–8-sinf o'quvchilari o'rtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o'quvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yo'lga qo'yiladi;

har bir fan yo'nalishi bo'yicha o'quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qo'llanmalar va jurnallar yaratilib boriladi;

o'quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlovchi trener-o'qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar o'rgatib boriladi;

fan olimpiadalari bo'yicha milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qo'shma yig'inlar o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;

o'quvchilar uchun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengish bo'yicha seminarlar hamda motivatsion treninglar tashkil qilinadi;

iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

 

           S.BERDIQILICHOV, 

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YURIDIK SHAXS MAQOMIGA EGA BO‘LMAGAN KASABA UYUSHMALARI

personmaftuna 18-08-24, 03:47
0 YURIDIK SHAXS MAQOMIGA EGA BO‘LMAGAN KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARI HISOBGA QO‘YILADI

Qonun (O‘RQ-942-son, 13.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Soliq...

PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN

personmaftuna 13-12-24, 09:38
0 PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi...

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:13
0 BILASIZMI?

Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish: fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha...

menu
menu