YURIDIK SHAXS MAQOMIGA EGA BO‘LMAGAN KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARI HISOBGA QO‘YILADI
Qonun (O‘RQ-942-son, 13.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi.
Bundan tashqari “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining adliya organlarida hisobga qo‘yilishi mumkinligini va ushbu tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.
Temur RAJABOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM
personmaftuna 13-12-24, 09:551. Iste’molchi qanday huquqlarga ega? Iste’molchi xavfsiz va sifatli tovarlar va xizmatlardan foydalanish huquqiga ega....
ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ
personmaftuna 24-08-25, 18:36Қонун (ЎРҚ-1041-сон, 28.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. Қонун билан...
MILLIY MALAKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI TASHKIL
personmaftuna 14-06-25, 02:50“O'zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident...