Kuzatuvchi » Siyosiy » PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN IMTIYOZLAR

PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida fuqarolarga pensiyaga chiqishlari uchun kerak bo‘ladigan stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:

a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;

b) 1941 — 1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan, harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu bandda nazarda tutilgan xizmatdan tashqari, harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;

v) Qonunning 10-moddasi hamda 11-moddasiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil — ikki hissa barobarida;

g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;

d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi ushbu Nizomga muvofiq — bir yarim hissa barobarida;

e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.

Ushbu bandda nazarda tutilgan ish stajini imtiyozli hisoblash tartibi Qonun bo‘yicha tayinlanadigan pensiyalarning barcha turlari uchun qo‘llanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT

personmaftuna 15-05-24, 01:39
0 DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT ХARIDLARI PORTALIDA JOYLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi VMQ-152-sonli “Ijtimoiy sheriklik me х anizmlarining...

“ЁШЛАР ДАФТАРИ” ЖАМҒАРМАСИ МАБЛАҒЛАРИ ЁШЛАРНИ ЧЕТ ТИЛЛАРИГА

personmaftuna 23-03-24, 21:40
0 “ЁШЛАР ДАФТАРИ” ЖАМҒАРМАСИ МАБЛАҒЛАРИ ЁШЛАРНИ ЧЕТ ТИЛЛАРИГА ЎҚИТИШГА ЙЎНАЛТИРИЛАДИ

21.02.2024 йил кунги ПФ-37-сон Президент Фармонига кўра, 2024 йил 1 мартдан: “Ёшлар дафтари” жамғармаси маблағлари...

17 TA TURDAGI ХULOSALAR DAVLAT ХIZMATLARI MARKAZLARI VA

personmaftuna 03-05-24, 00:46
0 17 TA TURDAGI ХULOSALAR DAVLAT ХIZMATLARI MARKAZLARI VA YAIDXP ORQALI BERILADI

O‘zbeiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024-yildagi 169-son li “Xulosa berish boʻyicha davlat...

menu
menu