O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida fuqarolarga pensiyaga chiqishlari uchun kerak bo‘ladigan stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;
b) 1941 — 1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan, harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu bandda nazarda tutilgan xizmatdan tashqari, harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;
v) Qonunning 10-moddasi hamda 11-moddasiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil — ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi ushbu Nizomga muvofiq — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.
Ushbu bandda nazarda tutilgan ish stajini imtiyozli hisoblash tartibi Qonun bo‘yicha tayinlanadigan pensiyalarning barcha turlari uchun qo‘llanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.