Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HUQUQLARINI TA’MINLASH UCHUN QO‘SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HUQUQLARINI TA’MINLASH UCHUN QO‘SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-955-son,) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 

 

 Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra:

 

- Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘radi.

 - Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.

- Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan, o‘rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.

- Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda. 

 

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 22-02-24, 07:05
0 BILASIZMI?

“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi qonun (O'RQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi. 🔰 Qonun bilan...

ЯНГИ ҚОНУН

personmaftuna 30-09-24, 16:02
0 ЯНГИ ҚОНУН

ХУСУСИЙ МУЛК ВА МУЛКДОРЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ КАФОЛАТЛАРИ ЯНАДА КУЧАЙТИРИЛАДИ 29.08.2024 йил кунги ЎРҚ-950-сон...

IDORAVIY HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATLARIGA OID QAT’IY

personmaftuna 30-09-25, 12:20
0 IDORAVIY HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATLARIGA OID QAT’IY TALABLARNING YANGICHA TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.09.2025-yildagi PF-161-sonli “Islohotlarni huquqiy jihatdan...

menu
menu