BILASIZMI?
“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi qonun (O'RQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
🔰 Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
☑️ Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida bo'ladi.
📁 Umumiy o'rta ta'lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o'quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.
- Qonunga ko'ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
🔹pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish;
🔹pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
🔹pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish.
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
KIMLAR MA’MURIY QAMOQQA OLINISHI MUMKIN EMAS ?
personmaftuna 21-03-24, 10:10Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga nisbatan...
КРИПТОЛОГИЯ СОҲАСИДА ТАЪЛИМ ВА ИЛМ-ФАН ЯНАДА
personmaftuna 15-12-24, 18:05“Ўзбекистон Республикасида криптология соҳасида таълим ва илм-фанни ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...
ISHDAN TASHQARI ISHDA XODIMLARNI QAY TARTIBDA ISHLATISH
personmaftuna 11-12-24, 11:33Ishdan tashqari ish nima o‘zi? Mehnat qonunchiligi bo‘yicha xodimning kundalik ish (smena) muddatidan ortiqcha ishlashi...