Kuzatuvchi » Siyosiy » IDORAVIY HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATLARIGA OID QAT’IY TALABLARNING YANGICHA TARTIBI

IDORAVIY HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATLARIGA OID QAT’IY TALABLARNING YANGICHA TARTIBI

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.09.2025-yildagi PF-161-sonli “Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga ko‘ra, idoraviy hujjatlarni qabul qilish, ularni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlari bo‘yicha quyidagi qat’iy talablar o‘rnatiladi:

► idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddati, agar qonunlar, Prezident va Hukumatning hujjatlarida bundan ko‘p muddat belgilanmagan bo‘lsa, 2 oy etib belgilanadi;

► idoraviy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish muddati 10 kunni tashkil etadi, agar loyiha yuzasidan 5 kun ichida taklif kelib tushmasa, uni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish mumkin bo‘ladi;

► idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati 30 kundan 20 kunga, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan hujjatlar bo‘yicha esa ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish 15 kundan    10 kunga qisqartiriladi;

► belgilangan talablarga rioya qilmasdan kiritilgan idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish muddati 30 kundan  15 kunga qisqartirildi.

          Idoraviy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:

  • Adliya vazirligi idoraviy hujjatlarni quyidagi hollarda qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi:
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida;
  • § qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqlashtirish zarurati tug‘ilganda;
  • havola qiluvchi normalar qo‘llanishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi ta’minlanmaganda;
  • qayta ishlangan (tahrirlangan) hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ushbu hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
  • Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi imzolangan vaqtdan idoraviy hujjat bekor qilingani haqidagi belgi avtomatik tarzda elektron tizimda qayd etiladi, bunda ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi;
  • Adliya vazirligiga jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lgan idoraviy hujjat loyihalarini qayta ishlash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish vakolati berildi.

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

2 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLA PARVARISHINI AMALGA OSHIRISH...

personmaftuna 13-12-24, 10:03
0 2 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLA PARVARISHINI AMALGA OSHIRISH...

2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin...

ҲАМЖАМИЯТЛАРНИ МУСТАҲКАМЛАШ ВА ИЖТИМОИЙ ФАРОВОНЛИКНИ

personmaftuna 18-09-24, 20:58
0 ҲАМЖАМИЯТЛАРНИ МУСТАҲКАМЛАШ ВА ИЖТИМОИЙ ФАРОВОНЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МАРКАЗИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 24.06.2024 йилдаги “Ҳамжамиятларни мустаҳкамлаш ва ижтимоий фаровонликни ривожлантириш марказини...

QONUN (O'RQ-972-SON, 07.10.2024 Y.) BILAN JINOYAT HAMDA

personmaftuna 26-12-24, 12:20
0 QONUN (O'RQ-972-SON, 07.10.2024 Y.) BILAN JINOYAT HAMDA MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI KODEKSLARGA O'ZGARTIRISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITILDI

Unga ko'ra, kodekslarga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan...

menu
menu