KICHIK BIZNESNI UZLUKSIZ QO‘LLAB-QUVVATLASH DASTURI TAKOMILLASHTIRILADI
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-312-son,) qabul qilindi.
🔍 Qarorga ko‘ra, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:
- bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan
100 million so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”
AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish;
- garovsiz ajratilgan 100 million so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
- mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan
100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish.
Dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar:
➖ kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi;
➖ 2024-yil 1-noyabrdan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
▫️ 5-toifa uchun – 12,5 foiz;
▫️ 4-toifa uchun – 13,5 foiz;
▫️ 3-toifa uchun – 14,5 foiz;
▫️ 2-toifa uchun – 17,0 foiz;
▫️ 1-toifa uchun – 18,0 foiz;
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
PENSIYA TURLARI
personmaftuna 19-09-24, 00:18“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat pensiyalarining quyidagi turlari bor: 1)...
ISHGA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT KAFOLATLARI
personmaftuna 14-06-24, 16:15Har kim o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda...
TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA
personmaftuna 20-09-24, 07:112024-yil 7-sentyabrdagi OʻRQ-957-son Qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi...