Kuzatuvchi » Ma'naviy » KITOB MUTOLAASI UNING FOYDASI QANDAY?
KITOB MUTOLAASI UNING FOYDASI QANDAY?
Kitob nafaqat bilimlar manbai balki, tarbiya quroli hisoblanadi. U bilan hayotimiz mazmunli va rang-barang, tuyg‘ularimiz esa teran bo‘ladi.
Kitob inson ma’naviy taraqqiyot hosilasi bo‘lishi barobarida o‘zi ham taraqqiyotga xizmat qiladi. Yangilik qilishga, kashfiyotlarni ko‘rishga, yangi narsalarni topishga o‘rgatadi.
Donishmand Sitseron “Kitobsiz uy – qalbsiz tanaga o‘xshaydi”, deb bejiz ta’kidlamagan. Kitobsevarlar bo‘lgan xonadonda har doim vaqt mazmunli tashkil etiladi. Kitob javoni bor bo‘lgan xonadonning fayzu tarovati o‘zgacha.
Qashshoq bo‘lsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman, degan Roterdamus kitobning inson hayotida nechog‘lik ahamiyati kattaligini biz yoshlarga teranroq anglatadi.
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, har tomonlama yetuk, kasb-hunarli va albatta, baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Bugungi kunda psixolog-olimlarimiz kitob mutolaa qilishning foydasi haqida quyidagilarni aytishmoqda:
-Mutolaa asabni tinchlantiradi.
-Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.
-Mutolaa qalbni yumshatadi.
-Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.
-Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.
-Mutolaa insonni go’zallashtiradi.
-Mutolaa hayotdagi maqsadni anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
-Kitob o’qiydigan insonlar hayotda faol bo’lishadi.
-Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.
-Mutolaa so’z boyligini oshiradi.
-Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.
-Mutolaa chet tilini o’rganishni osonlashtiradi.
-Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
-Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
-Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, kitob bizning hayotimizga faqat va faqat yaxshilik olib keladi.
Unga hamma: qariyalar, o‘rta yoshlilar, yoshlar va hatto bolalar ham muhtoj. Eng muhimi har bir inson o‘z yoshiga va dunyoqarashiga mos keladigan kitobni tanlay olishi kerak. Yangi o‘quv yili boshlanar ekan, men tengdoshlarimga ko‘proq kitob o‘qib borishlarini tavsiya qilgan bo‘lar edim.
Sevinchoy SHOMUROTOVA,
Urganch davlat pedagogika institutining boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi II bosqich talabasi.
Boshqa maqolalar
KITOB MUTOLAASI UNING FOYDASI QANDAY?
personKuzatuvchi 09-12-23, 21:57Kitob nafaqat bilimlar manbai balki, tarbiya quroli hisoblanadi. U bilan hayotimiz mazmunli va rang-barang,...
CHET EL FUQAROSI YOKI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXS BO‘LIB,
personmaftuna 12-03-24, 17:43Tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv...
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMLARINING
personmaftuna 12-03-24, 17:40Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari...