Kuzatuvchi » Ma'naviy » XORAZM VILOYATIDA O‘Z ISHINI BOSHLAGAN “OʻZBEKISTON – KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDAGI V RESPUBLIKA “KITOBXONLIK HAFTALIGI”NING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

XORAZM VILOYATIDA O‘Z ISHINI BOSHLAGAN “OʻZBEKISTON – KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDAGI V RESPUBLIKA “KITOBXONLIK HAFTALIGI”NING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

21-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirga puxta tayyorgarliklar ko‘rildi. Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bayramona bezatildi, turli mavzularda kitob ko‘rgazmalari tashkil qilindi. Urganch shahridagi Anna German nomli 1-son bolalar musiqa maktabi o‘qituvchilari ishtirokida milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimining  o‘rinbosari Botir Saidov so‘zga chiqib,  ishtirokchilarni  ushbu kitob bayrami bilan samimiy muborakbod qildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, viloyat Arxivlar ishi boshqarmasi boshlig‘i Rahimbergan Matrasulov, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xolmurod Qurbonov, viloyat Ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori Xudaybergan Qurbondurdiyev, taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarim va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari, taniqli ijodkorlar, mehnat faxriylari barchani kitobxonlik bayrami bilan tabrikladilar. Tadbir so‘ngida viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonov “Kitobxonlik haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, hafta davomida bo‘lib o‘tadigan har xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumotlar berdi.

Ishtirokchilar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimini onlayn kuzatib bordilar.

Boshqa maqolalar

ДИЙДОРЛАШУВ

personmaftuna 30-10-24, 13:52
0 ДИЙДОРЛАШУВ

(Собиқ синфдошларнинг 50 йиллик учрашувидан) Истиқлолимизнинг қутлуғ 33 йиллиги арафасида бундан роппа-роса 50 йил...

KITOB MUTOLAASI UNING FOYDASI QANDAY?

personKuzatuvchi 09-12-23, 21:57
0 KITOB MUTOLAASI UNING FOYDASI QANDAY?

Kitob nafaqat bilimlar manbai balki, tarbiya quroli hisoblanadi. U bilan hayotimiz mazmunli va rang-barang,...

ISTAK

personmaftuna 25-12-24, 01:38
0 ISTAK

Berarmiding qaytmoqqa imkon, Degan savol qiynay boshladi. Qaytib kelarmisan men tomon, Yurak seni so‘ray boshladi....

menu
menu