ISTAK
Berarmiding qaytmoqqa imkon,
Degan savol qiynay boshladi.
Qaytib kelarmisan men tomon,
Yurak seni so‘ray boshladi.
Qaytgin, - deydi telba yuragim,
Ko‘zlaringga boqmoq istaydi.
Axir, menga o‘zing keragim,
Baxtim bo‘lgin deya qistaydi.
Xayolingda bo‘lay birdona,
Qalbing ichra tanho, yagona.
Topolmasang gar bir g‘amxona,
O‘zim bo‘lay senga parvona.
Allohimdan baxting so‘rayman,
Sen-la birga davron surayman.
Duoimda seni tilayman,
Yuragingda umrbod qolayman.
Mahfuza MADAMINOVA,
Urganch davlat universiteti filologiya va san’at fakulteti II bosqich talabasi.
Boshqa maqolalar
ISTAK
personmaftuna 25-12-24, 01:38Berarmiding qaytmoqqa imkon, Degan savol qiynay boshladi. Qaytib kelarmisan men tomon, Yurak seni so‘ray boshladi....
CHET EL FUQAROSI YOKI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXS BO‘LIB,
personmaftuna 12-03-24, 17:43Tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv...
XORAZM VILOYATIDA O‘Z ISHINI BOSHLAGAN “OʻZBEKISTON –
personmaftuna 21-04-25, 17:3721-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirga puxta tayyorgarliklar ko‘rildi. Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat...