Kuzatuvchi.uz / ISTAK

ISTAK

Berarmiding qaytmoqqa imkon,

Degan savol qiynay boshladi.

Qaytib kelarmisan men tomon,

Yurak seni so‘ray boshladi.

 

Qaytgin, - deydi telba yuragim,

Ko‘zlaringga boqmoq istaydi.

Axir, menga o‘zing keragim,

Baxtim bo‘lgin deya qistaydi.

 

Xayolingda bolay birdona,

Qalbing ichra tanho, yagona.

Topolmasang gar bir g‘amxona,

O‘zim bo‘lay senga parvona.

 

Allohimdan baxting sorayman,

Sen-la birga davron surayman.

Duoimda seni tilayman,

Yuragingda umrbod qolayman.

 

Mahfuza MADAMINOVA,

Urganch davlat universiteti filologiya va san’at fakulteti II bosqich talabasi.

 

25-12-2024, 01:38
Saytga qaytish