“XALQCHIL IPO” DASTURI DOIRASIDA O‘ZBEKISTONDAGI YIRIK KOMPANIYALARNING AKSIYALARI SOTUVGA CHIQARILADI
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 19-apreldagi 162-sonli qaroriga muvofiq “Xalqchil IPO” dasturi doirasida O‘zbekistonning yirik kompaniyalari aksiyalarini fuqarolarga ommaviy taklif etishning yangi bosqichi boshlandi.
Mazkur “Xalqchil IPO” dasturi mamlakatda aholining barcha qatlamlari orasida keng mulkdorlar sinfini – aksiyadorlarni shakllantirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Buning uchun mazkur bosqichda “birlamchi/ikkilamchi ommaviy taklif etish” tamoyili asosida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kabi yirik kompaniyalarning aksiyalari savdoga chiqarilmoqda.
Ushbu jarayonni o‘tkazishda:
— KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi Strategik consultant sifatida va jarayonni muvofiqlashtirish uchun jalb etilgan;
— Mosaic Financial va Lightman PR konsorsiumi keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirish uchun PR-konsultant sifatida jalb etilgan;
— 6 ta investitsion vositachilari – “Toshkent” RFB aʼzolari, salohiyatli anderrayterlar ro‘yxati (“g‘oliblar ro‘yxati”)ga kiritilib, ular bilan bosh kelishuvlar imzolangan.
Bunda “Xalqchil IPO”ni muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun Strategik konsultant bilan kelishgan holda bir yoki bir nechta anderrayterlar “Xalqchil IPO” o‘tkaziladigan muayyan kompaniyalarga alohida shartnomalar orqali biriktiriladi.
Strategik konsultant bilan hamkorlikda aksiyalar muomalasi va “Xalqchil IPO”ni tashkillashtirish uchun zarur hujjatlar va ushbu kompaniyalarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilinib, uning natijalariga ko‘ra dastlab “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning aksiyalarini joylashtirish taklifi ishlab chiqildi.
“O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini “Xalqchil IPO” doirasida ommaviy joylashtirishni amalga oshirish maqsadida bu krannerning standart xizmatlari, shu jumladan joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun salohiyatli investorlarning arizalarini qabul qilish, talabnomalarning jamlangan reestrini yuritish va aksiyalarning “Xalqchil IPO”sini tashkil etishni amalga oshirish uchun Kapital-Depozit, Satori IB Group va Satori Capital anderrayter sifatida jalb qilindi.
“O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning aksiyalarining ommaviy taklifini o‘tkazish jarayonida mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda bo‘lgan jarayonga qo‘shimcha ravishda, “E-auksion” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini “Xalqchil IPO”sini muvaffaqiyatli tashkillashtirishda anderrayterlar zarur mobil ilovalarga ega bo‘lgan tijorat banklari bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamizki, “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosidagi “Xalqchil IPO”sida ishtirok etish uchun aholining barcha qatlamlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida, fuqarolar o‘rtasida ommalashishga ulgurgan va foydalanuvchilarga qulay bo‘lgan “E-auksion” elektron savdo platformasining joriy imkoniyatlaridan foydalaniladi hamda jarayonga qiziqish bildirgan O‘zbekiston Respublikasining barcha rezidentlari (jismoniy va yuridik shaxslar)ning arizalari jumladan, mazkur platforma orqali qabul qilinadi.
Bunda, platforma orqali 24/7 onlayn rejimida:
- talabgorlarni qimmatli qog‘ozlar bozori qonunchiligi talablariga asosan identifikatsiya qilish (ERI, One ID va Mobile-ID);
- professional brokerni tanlab, ular bilan shartnoma tuzish;
- depo hisob raqam (aksiya/obligatsiya uchun hisob raqam) ochish;
- mahalliy investorlar tomonidan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha buyurtmalarni yuborish imkoniyatlari yaratiladi.
Aksiyalarni joylashtirish parametrlari (narx diapazoni), “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining investitsiya salohiyati to‘g‘risidagi materiallar, shuningdek arizalarni topshirish tartibi va muddatlari haqidagi maʼlumotlar “KapDepo” konsorsiumi, Davaktiv agentligi, “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy aloqa kanallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shimcha tarzda yetkaziladi.
Bu orqali, jarayonning har bir bosqichi to‘g‘risida jamoatchilik xabardor qilinishi taʼminlanadi, jalb qilingan PR konsultantlar esa ommabop targ‘ibot-tashviqot jarayonlarini va marketing kampaniyasini amalga oshiradi.
Yurtdoshlarimizni respublikadagi eng yirik kompaniyalarning aksiyadorlari – egalari bo‘lish va ularni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatidan foydalanishga chorlaymiz.
J.BOTIROV,
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyati vakili.
Boshqa maqolalar
TERRORIZM – INSONIYAT TINCHLIGI VA FAROVONLIGIGA RAHNA
personmaftuna 08-10-24, 15:30“Terror” so‘zi – “ dahshatli ” degan ma’noni anglatib, ma’lum bir hududdagi tinch aholini qo‘rqitish yo‘li bilan...
ОРЗУЛАРИМ РЎЁБИ – КЕЛАЖАККА ҚАНОТ
personKuzatuvchi 09-12-23, 20:25Инсон олдига қўйган мақсади бўй кўрсатса бир қур орқасига разм солади. Муваффақиятининг омилини, унга етаклаган...
“BUILD SALE GROUP” МАСЪУЛИЯТИ ЧЕКЛАНГАН ЖАМИЯТИ АХБОРОТ
personmaftuna 13-05-24, 01:271.Қўшкўпир тумани умумий овқатланиш унитар корхонаси балансидаги Айронкўл маҳалласи Аз-Замахшарий кўчаси, 158-уйда...