Kuzatuvchi » Ijtimoiy » YASHIL O‘ZBEKISTON — BIZNING TANLOVIMIZ!

YASHIL O‘ZBEKISTON — BIZNING TANLOVIMIZ!

Bugungi kunda butun dunyo ekologik inqiroz, global isish, tabiiy resurslarning kamayishi kabi dolzarb muammolarga yuz tutmoqda. Insoniyat o‘z hayot tarzini, iqtisodiy faoliyatini va iste’mol madaniyatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda. Zero, tabiat –bu bizning hayotimiz, sog‘lig‘imiz va kelajagimizdir.

Shunday bir muhim davrda, 2025-yilning 15-may kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” va unga mos “Yo‘l xaritasi” mamlakatimizda barqaror ekologik taraqqiyot sari dadil va izchil qadam bo‘ldi. Ushbu strategik hujjat — O‘zbekiston ekologik siyosatida yangi davrni boshlab berdi, desak hech adashmagan bo‘lamiz.

Konsepsiya asosan jamiyatda ekologik tafakkurni shakllantirish, atrof-muhitga ongli munosabatni kuchaytirish, yosh avlodni tabiatga g‘amxo‘rlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Eng quvonarlisi shuki, bu konsepsiyada yoshlarga alohida o‘rin berilgan. Yoshlik – bu tashabbus, harakat, yangilik sari intilish demakdir. Ana shu energiyani to‘g‘ri yo‘naltira olsak, O‘zbekistonning yashil kelajagini barpo etishda asosiy kuchga ega bo‘lamiz.

Biz, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zolari, ayniqsa yoshlar qanoti faollari, ushbu konsepsiyani faqat siyosiy hujjat sifatida emas, balki hayotimiz mezoniga aylantirishga bel bog‘laganmiz. Har bir daraxtni – hayot, har bir suv tomchisini – ne’mat, har bir toza havo nafasi – kelajak deb bilamiz. Chunki tabiat bizga emas — biz tabiatga mas’ulmiz.

Bugun Xiva shahrida, butun Respublikamiz bo‘ylab yoshlar ekologik aksiyalar, daraxt ekish tadbirlari, aksiya va hasharlar, xullas, tabiatni asrash bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda. Yoshlar orasida ekologik savodxonlikni oshirish, ekologik loyihalarni ilgari surish bizning asosiy ustuvor yo‘nalishlarimizdan biridir.

Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalar – bu aniq reja, qat’iy maqsad va kelajakka ishonchdir. Endi bu rejalarni ro‘yobga chiqarish biz yoshlar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va butun jamiyatning yelkadosh bo‘lib harakat qilishiga bog‘liq.

Hurmatli yurtdoshlar, aziz tengdoshlar!

Bugun biz tanlov oldidamiz. Yoki ekologik muammolarga befarq bo‘lib yashaymiz, yoki farzandlarimizga sog‘lom, yashil va barqaror hayot meros qoldiramiz. Bu tanlovda men va mening safdoshlarim “Yashil O‘zbekiston — bizning tanlovimiz!” deya qat’iy ishonch bildirishmoqda.

Keling, birgalikda harakat qilaylik. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz salomatligi va tabiatimiz osoyishtaligi yo‘lida har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Yashil O‘zbekiston — bu nafaqat siyosiy shior, balki xalqimizning hayot falsafasiga aylanishi kerak!

Dilmurod MASHARIPOV,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar partiya tashkiloti raisi.

Boshqa maqolalar

AHOLINI ROʻYXATGA OLISH XUSUSIYATLARI

personmaftuna 15-05-25, 11:15
0 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH XUSUSIYATLARI

Aholini roʻyxatga olish odatda maʼlum bir mamlakat yoki mintaqa aholisi haqidagi maʼlumotlarni toʻplash va tahlil...

TERRORIZM – INSONIYAT TINCHLIGI VA FAROVONLIGIGA RAHNA

personmaftuna 08-10-24, 15:30
0 TERRORIZM –  INSONIYAT TINCHLIGI VA FAROVONLIGIGA RAHNA SOLUVCHI QABIH ILLAT

“Terror” so‘zi – “ dahshatli ” degan ma’noni anglatib, ma’lum bir hududdagi tinch aholini qo‘rqitish yo‘li bilan...

DAVLAT AKTIVLARINI SHAFFOF HOLDA XUSUSIYLASHTIRISH — DAVR

personmaftuna 07-05-24, 23:32
0 DAVLAT AKTIVLARINI SHAFFOF HOLDA XUSUSIYLASHTIRISH — DAVR TALABI

DAVLAT AKTIVLARINI SHAFFOF HOLDA XUSUSIYLASHTIRISH — DAVR TALABI Joriy yil 19-aprel kuni Muxtaram Prezidentimizning...

menu
menu