PARLAMENTDAGI MUXOLIFATNING KAFOLATLANGAN HUQUQLARI KENGAYTIRILADIMI?
O’zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan ayrim qonunlarga o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qo‘shimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi:
- o‘z vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
- qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;
- har chorakda "hukumat soati" va parlament so‘rovi doirasida masala kiritish.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 26-06-24, 01:13Yo'l harakati qoidalariga ko'ra, davlat ro'yxatlash raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan...
NIKOH SHARTNOMASI NIMA ?
personmaftuna 05-03-24, 23:27📄 Oila kodeksining 29-moddasiga asosan, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida yoki er...
FAOL NURONIYLARNI KAMBAGʻAL OILALARGA BIRIKTIRISH TARTIBI
personmaftuna 14-06-25, 02:37Hukumat qarori (892-son 27.12.2024-y.) bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom...