Kuzatuvchi » Siyosiy » MA'MURIY HUJJATLARNI SUDGACHA KO'RIB CHIQISHNING YANGI TARTIBI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

MA'MURIY HUJJATLARNI SUDGACHA KO'RIB CHIQISHNING YANGI TARTIBI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

          Huquqiy eksperiment doirasida:

  • Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi;
  • apellyatsiya kengashlari ma'muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi ma'muriy hujjatlarini sudgacha ko'rib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni o'zgartirish, qisman yoki to'liq bekor qilish to'g'risida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki o'zgartiriladigan hujjatlar mustasno;
  • ma'muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi ma'muriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqish manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlarini ko'rsatishni monitoring qilish natijalariga ko'ra amalga oshiriladi;
  • apellyatsiya kengashlarining qarorlari “E-qaror” elektron tizimida e'lon qilib boriladi, shuningdek, ma'muriy shikoyat bo'yicha ma'muriy ish yurituvi ishtirokchilariga belgilangan tartibda ma'lum qilinadi va ma'muriy organlar tomonidan ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi;
  • Ø  apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma'muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat'iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

 

                                                          A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 17-12-24, 11:00
0 O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TASHKIL ETILADI

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan...

QURUVCHILAR QURILAYOTGAN OBYEKT MANZILI BOʻYICHA ROʻYХATGA

personmaftuna 20-02-25, 11:07
0 QURUVCHILAR QURILAYOTGAN OBYEKT MANZILI BOʻYICHA ROʻYХATGA OLINADI

Vazirlar Mahkamasining 23.12.2024-yildagi «Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻy х atga olish tartibining...

OʻZBEKISTON MAMLAKATGA SAYYOHLAR OQIMINI QANDAY OSHIRADI

personmaftuna 21-03-24, 11:43
0 OʻZBEKISTON MAMLAKATGA SAYYOHLAR OQIMINI QANDAY OSHIRADI

Prezidentning 12.01.2024-yildagi PF-9-son «Ryespublikaga х orijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki...

menu
menu