Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TASHKIL ETILADI

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TASHKIL ETILADI

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

“Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-995-son, 08.11.2024-y.) qabul qilindi.

Qonun qishloq xo‘jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi kooperativi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti hisoblanadi.

Kooperativ qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga javob beradigan yuridik shaxslar kooperativ a’zolari bo‘lishi mumkin.

Kooperativ a’zolarining reestri kooperativ boshqaruvi tomonidan yuritiladi va unda kooperativning har bir a’zosi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

QANDAY HOLLARDA BOLALAR NAFAQASI BERILISHI TO‘XTATILADI?

personmaftuna 30-09-24, 22:23
0 QANDAY HOLLARDA BOLALAR NAFAQASI BERILISHI TO‘XTATILADI?

Bolalar nafaqasi berilishi o‘zidan-o‘zi to‘xtab qolmasligi kerak.Buning uchun qonuniy sabab bo‘lishi kerak. Hukumatning...

TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI

personmaftuna 10-02-25, 01:32
0 TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI ISHLAB CHIQILDI

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2024-yildagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga...

TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?

personmaftuna 28-06-24, 23:05
0 TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 70-moddasiga asosan. Tender...

menu
menu