TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?
O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 70-moddasiga asosan. Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida tuziladi.
G‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlangan bo‘lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda zaxiradagi g‘olib g‘olib tomonidan taklif etilgan narxda (bundan zaxiradagi g‘olib taklif etgan narx g‘olib tomonidan taklif etilgan narxdan past bo‘lgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa yoki zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, davlat buyurtmachisi yangi tender o‘tkazadi.
Tender natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga u tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI IMTIYOZLI KREDITLAR BILAN
personmaftuna 19-05-25, 10:36Prezidentning 07.03.2025-yildagi "Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha...
QONUNCHILIKKA KO'RA, XODIM VA ISH BERUVCHI O'RTASIDAGI
personmaftuna 30-09-24, 07:15Qonunchilikka ko'ra, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili qismlarga bo'linishi...
OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAХSLAR FAOLIYATI ROʻYХATI
personmaftuna 19-05-25, 02:00Prezidentning 19.03.2025-yildagi P F-50-son Farmoni bilan 2026-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi band qilgan sha х slar...