Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI ISHLAB CHIQILDI

TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI ISHLAB CHIQILDI

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2024-yildagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi tasdiqlandi. 

Prezidentning 11.09.2023-yildagi PQ-299-son qaroriga muvofiq bosh reja Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining loyihalash topshirigʻiga binoan soddalashtirilgan shaklda ishlab chiqilgan. 

Bosh rejada quyidagi vazifalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilgan:

  • Toshkent hududlarini konservatsiya zonalari hamda rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratish;
  • aholining harakatlanish ehtiyojlarini qondirish va transport oqimining barqarorligini ta’minlash;
  • shahar hududlari zichligi parametrlarining barqarorligini ta’minlash uchun shaharsozlik talablarini belgilash.

Bosh rejani ishlab chiqishning asosiy maqsadlari:

  • qurilishga ruхsat berish jarayonlarini tartibga solish;
  • shaharning muhandislik va transport infratuzilmasini, aholi zichligi parametrlarini, shuningdek umumiy strategiyasini rejalashtirish;
  • shaharning yashil va sanitar himoyalanadigan hududlari hamda madaniy merosini muhofaza qilish;
  • iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash, aholining bugungi va istiqboldagi ehtiyojlarini qanoatlantirish.

Bosh reja asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi, bunda ularni belgilovchi хaritalar Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining shaharsozlik kadastrida ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.

Har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlisida Toshkent shahar hokimining bosh rejani amalga oshirish yakunlari toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ҚУРИЛИШ МАЙДОНЛАРИДА АТМОСФЕРА ҲАВОСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ

personmaftuna 24-08-25, 18:37
0 ҚУРИЛИШ МАЙДОНЛАРИДА АТМОСФЕРА ҲАВОСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ ТАЛАБЛАРИГА РИОЯ ЭТМАГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК БЕЛГИЛАНДИ

Қонун (ЎРҚ-1042-сон, 03.03.2025 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга қўшимчалар ва ўзгартириш киритилди....

НОГИРОНЛИК ПЕНСИЯСИНИ ҚАНДАЙ ҚИЛИБ ҚАЙТА ҲИСОБЛАТИШ МУМКИН?

personmaftuna 03-08-24, 02:23
0 НОГИРОНЛИК ПЕНСИЯСИНИ ҚАНДАЙ ҚИЛИБ ҚАЙТА ҲИСОБЛАТИШ МУМКИН?

Фуқаро I ва II гуруҳ ногиронлик пенсияси тайинланганидан кейин камида 1 йил иш стажига эга бўлса, унинг аризаси асосида...

IJODKOR YOSHLAR YANGI FANLARGA OʻQITILADI

personmaftuna 15-05-24, 01:23
0 IJODKOR YOSHLAR YANGI FANLARGA OʻQITILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024-yildagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish...

menu
menu