Kuzatuvchi » Siyosiy » FAOL NURONIYLARNI KAMBAGʻAL OILALARGA BIRIKTIRISH TARTIBI BELGILANDI

FAOL NURONIYLARNI KAMBAGʻAL OILALARGA BIRIKTIRISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (892-son 27.12.2024-y.) bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom  tasdiqlandi.

Nizom faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambagʻal oila farzandlariga ta'lim olishlari uchun oʻquv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi. Belgilangan tartibda tanlab olingan uch nafardan faol nuroniylarga yashab turgan joyi boʻyicha 5 tadan kambagʻal oila olti oy muddatga biriktiriladi. Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda “mahalla ettiligi” bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.“Nuroniy” jamgʻarmasi va tanlab olingan faol nuroniylar oʻrtasida faol nuroniylarni ragʻbatlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar rasmiylashtiriladi. Tanlab olingan faol nuroniylar ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar ularning roziligiga koʻra bank plastik kartalariga toʻlab beriladi.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

AHOLIGA IXTISOSLASHTIRILGAN NEVROLOGIK YORDAM KO‘RSATISH

personmaftuna 24-09-25, 00:00
0 AHOLIGA IXTISOSLASHTIRILGAN NEVROLOGIK YORDAM KO‘RSATISH SAMARADORLIGI OSHIRILADI

“Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult...

O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM

personmaftuna 16-12-24, 11:28
0 O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM HUQUQIY QOIDA

1. Iste’molchi qanday huquqlarga ega? Iste’molchi xavfsiz va sifatli tovarlar va xizmatlardan foydalanish huquqiga ega....

DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN

personmaftuna 10-12-24, 10:56
0 DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BOR?

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasiga muvofiq, fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni...

menu
menu