AHOLIGA IXTISOSLASHTIRILGAN NEVROLOGIK YORDAM KO‘RSATISH SAMARADORLIGI OSHIRILADI
“Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 19.08.2025-yildagi PQ-254-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish;
sohadagi tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Loyihani amalga oshirish muddati 2025–2032 yillar etib belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi JICA ko‘magida yaponiyalik mutaxassislar guruhini jalb etish uchun Yaponiyaning “Yakuzemi Information Education Center” konsalting kompaniyasi bilan xorijiy valyutada 1 yil muddatga shartnoma imzolashi belgilandi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ТАДҚИҚОТЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 19-03-25, 05:59“Таҳлилий ва тадқиқотчилик фаолиятини ташкил қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори...
TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?
personmaftuna 28-06-24, 23:05O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 70-moddasiga asosan. Tender...
ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ КОНЦЕПЦИЯСИНИ АМАЛГА
personmaftuna 05-06-25, 13:37“Фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепциясини 2025 йилда амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори...