Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILADI

QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILADI

“Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12.08.2025-yildagi PF-130-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtirish;

qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va ishonchliligini ta’minlash.

2026-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasiga (Agroportal) mustaqil joylashtirib boradi.

 Agroportal qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi” sifatida e’tirof etiladi.

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

AHOLI PUNKTLARINING TURLARI

personmaftuna 15-05-24, 19:44
0 AHOLI PUNKTLARINING TURLARI

Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasining hududi va...

BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

personmaftuna 19-01-24, 17:33
0 BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda...

МАКТАБ ТАЪТИЛЛАРИ

personmaftuna 23-03-24, 22:20
0 МАКТАБ ТАЪТИЛЛАРИ

Вазирлар Маҳкамасининг 140-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан Мактабларда ўқув йили давомидаги таътилларнинг...

menu
menu