Kuzatuvchi » Siyosiy » “MAHALLA HUQUQSHUNOSI” LOYIHASI QANDAY TIZIM?

“MAHALLA HUQUQSHUNOSI” LOYIHASI QANDAY TIZIM?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yilda “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi 80-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirildi.

          Farmonga ko'ra, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o'rtasida tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:

  • fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o'quv kurslari tashkil etiladi;

maktablarda 2024/2025 o'quv yilidan:

  • Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani o'qituvchilarining kasbiy bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta'minlash tizimi yo'lga qo'yiladi;
  • o'quvchilar o'rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o'qituvchilari o'rtasida “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” ko'rik-tanlovi o'tkazib boriladi;
  • maktab o'quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o'zlashtirishiga qaratilgan ko'rgazmali o'quv qo'llanmalari, videoroliklar, kompyuter o'yinlari va mobil ilovalar yaratiladi.

            2024-yil 1-iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilindi.

            Bunda:

Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ'ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo'g'inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;

  • davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ'ibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;
  • davlat organlari va tashkilotlarida o'z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas'ul bo'linmalar belgilanadi;
  • davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.
  • Haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi
  • Farmonga ko'ra, mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi.

Huquqiy targ'ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish;
  • aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta'minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo'yicha tizimli huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish;
  • kundalik hayotda eng ko'p zarur bo'ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to'g'risida huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish.

 

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILIB OLING

personmaftuna 14-06-25, 02:41
0 BILIB OLING

“Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini...

FUQARONI BEDARAK YO‘QOLGAN DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARI

personmaftuna 21-02-24, 04:16
0 FUQARONI BEDARAK YO‘QOLGAN DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-moddasiga ko`ra, agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning...

НОРМА ИЖОДКОРЛИГИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИККА ЙЎНАЛТИРИЛГАН

personmaftuna 26-09-25, 18:59
0 НОРМА ИЖОДКОРЛИГИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИККА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЯНГИ ТАРТИБИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“Ислоҳотларни ҳуқуқий жиҳатдан таъминлаш самарадорлигини ошириш ҳамда ижтимоий муносабатларни тартибга солишда вазирлик...

menu
menu