Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

“Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-467-son 31.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish boʻyicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari boʻyicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni oʻtkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas'ul boʻlgan maslahat organi hisoblanadi.Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta'minlash Prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yoʻnalishlarga mas'ul boʻlgan ishchi guruhlar tashkil qilinadi: xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;davlat va jamiyat qurilishi; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish; tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik; hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish; ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi masalalari.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

NIKOH YOSHI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI YOKI NIKOH TUZISH

personmaftuna 30-05-24, 01:58
0 NIKOH YOSHI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI YOKI NIKOH TUZISH TARTIBINI BUZISH

Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, -bazaviy hisoblash miqdorining besh...

DORI VOSITALARINING KLINIK TADQIQOTLARIDA KIMLAR ISHTIROK

personmaftuna 09-02-24, 23:06
0 DORI VOSITALARINING KLINIK TADQIQOTLARIDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

Prezident tomonidan 22.11.2023-yildagi «Farmasevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston...

DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORХONALARNI TASHKIL ETISHGA MORATORIY

personmaftuna 15-05-25, 11:34
0 DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORХONALARNI TASHKIL ETISHGA MORATORIY JORIY QILINDI

Prezident tomonidan 21.04.2025 - yildagi “ 2025 - yil uchun х ususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida ” gi PF-70 -son...

menu
menu