Kuzatuvchi » Siyosiy » PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA CHEKLOVLAR BEKOR QILINADI

PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA CHEKLOVLAR BEKOR QILINADI

“Parrandachilik sohasini yanada qo'llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-238-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko'ra, kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasi amalga oshiriladi.

2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini (ekin maydonlaridan tashqari) to'lashdan ozod etiladi.

2024-yil 1-iyuldan parranda go'shtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

2024-yil 1-oktyabrdan yangi so'yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go'shti va qo'shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go'sht, qanot, bel, bo'yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O'zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.


 
S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.



Boshqa maqolalar

FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA BELGILANGAN ZARARNI QOPLASH

personmaftuna 21-02-24, 04:15
0 FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA BELGILANGAN ZARARNI QOPLASH TUSHUNCHASI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasiga ko`ra, agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq...

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI HAQIDA HUQUQIY

personmaftuna 24-03-25, 03:32
0 GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi gidrotexnika inshootlarining...

PENSIYAGA QO'SHILADIGAN USTAMA HAQLARDAN XABARDORMISIZ?

personmaftuna 30-09-24, 23:01
0 PENSIYAGA QO'SHILADIGAN USTAMA HAQLARDAN XABARDORMISIZ?

Qonunchilikka qo'ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda...

menu
menu