Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQARONI BEDARAK YO‘QOLGAN DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARI

FUQARONI BEDARAK YO‘QOLGAN DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARI

            O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-moddasiga ko`ra, agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin.

            Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash mumkin bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa —keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.

            Bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaroning mol-mulkini doimiy suratda boshqarib turish zarur bo‘lsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadigan va ushbu organ bilan tuziladigan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida ish olib boradigan shaxsga topshiriladi.

            Ushbu mol-mulkdan bedarak yo‘qolgan shaxs qonunga muvofiq boqishi kerak bo‘lgan fuqarolarga ta’minot beriladi va uning soliqlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha qarzlari to‘lanadi.

            Vasiylik va homiylik organi yo‘qolgan fuqaroning qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot olingan kundan boshlab bir yil o‘tganga qadar ham uning mol-mulkini muhofaza qiluvchi shaxsni belgilashi mumkin.

            Shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topishning ushbu moddada nazarda tutilmagan oqibatlari qonun bilan belgilanadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

“АЁЛЛАР ДАФТАРИ” РЎЙХАТИГА КИРИТИЛГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ

personmaftuna 19-03-24, 01:25
0 “АЁЛЛАР ДАФТАРИ” РЎЙХАТИГА КИРИТИЛГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ

1.Хотин-қизларнинг бандлигига қуйидаги йўналишларда кўмаклашилади: а) секторлар раҳбарлари туман (шаҳар) инвестиция...

BILASIZMI

personmaftuna 18-09-24, 19:22
0 BILASIZMI

Yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd...

ИНДИВИДУАЛ ТАРТИБДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ВА ЁРДАМ КЎРСАТИШ

personmaftuna 26-03-24, 01:06
0 ИНДИВИДУАЛ ТАРТИБДА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ВА ЁРДАМ КЎРСАТИШ РЕЖАСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (123-сон, 11.03.2024 й) билан “Ўзгалар парваришига муҳтож шахсларни эътироф этиш, индивидуал тартибда...

menu
menu