Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHGA QABUL QILISHGA YO‘L QO‘YILADIGAN YOSH

ISHGA QABUL QILISHGA YO‘L QO‘YILADIGAN YOSH

Ishga qabul qilishga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 20-moddasiga muvofiq shaxslar mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lishi bilan, 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

          Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, o‘qitish jarayonini buzmaydigan engil mehnatni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga — ular o‘n besh yoshga to‘lishi bilan ota-onadan birining (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

          Madaniy-tomosha tashkilotlarida, televidenie, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon etkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (ko‘rgazmaga qo‘yishda) ishtirok etish uchun o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunday holda xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) imzolaydi.     Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.

          18 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish va ularning mehnatini qo‘llash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 411 — 422-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.       

          Mehnat kodeksining 21-moddasiga asosan hodim quyidagi huquqlarga ega

  • ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasini tuzish, oʼzgartirish va bekor qilish;
  • mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan taʼminlanish;
  • mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega boʼlish;
  • oʼz malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq oʼz vaqtida hamda toʼliq hajmda ish haqi olish;
  • ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan dam olish;
  • xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega boʼlish, shuningdek ish joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari toʼgʼrisida toʼliq va ishonchli axborot olish;
  • mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • oʼz mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish;
  • jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular shartlarining bajarilishi toʼgʼrisida axborot olish, shu jumladan oʼz vakillari orqali olish;
  • mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xodimga mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish;
  • oʼz mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
  • mehnat nizolarini ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hal qilish.
  • Xodim mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

 

                                                          A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

QUYIDAGI JISMONIY SHAXSLAR DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM

personmaftuna 24-07-24, 03:49
0 QUYIDAGI JISMONIY SHAXSLAR DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM OLISH HUQUQIGA EGA:

(O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.06.2023 yildagi O‘RQ-848-son 9-moddasi.) 1️. kam ta'minlangan shaxslar, agar...

BIR QATOR TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI QAYTA TASHKIL

personmaftuna 15-05-25, 11:24
0 BIR QATOR TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI QAYTA TASHKIL ETILADI

Turdosh yo ʻ nalishlar bo ʻ yicha oliy ta ’ lim muassasalarini yiriklashtirish maqsadida Prezident tomonidan 22.04.2025...

XODIMNI BOSHQA ISH BERUVCHIGA VAQTINCHA XIZMAT SAFARIGA

personmaftuna 16-12-24, 18:54
0 XODIMNI BOSHQA ISH BERUVCHIGA VAQTINCHA XIZMAT SAFARIGA YUBORISH

Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p...

menu
menu