Kuzatuvchi » Siyosiy » BIR QATOR TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI QAYTA TASHKIL ETILADI

BIR QATOR TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI QAYTA TASHKIL ETILADI

Turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oliy talim muassasalarini yiriklashtirish maqsadida Prezident tomonidan 22.04.2025-yildagi "Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-149-son qaror imzolandi.

Hujjat bilan bir qator tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini qayta tashkil etish nazarda tutilgan, хususan:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialini Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etish.

 

Shuningdek, quyidagilarni qayta nomlash haqida koʻrsatib oʻtilgan:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallarini Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyini Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • ta’lim dasturlarini хalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish;
  • oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, klinikalar va oʻquv bazalari faoliyatida nazariy bilimlar va amaliyot oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni ta’minlash;
  • ilmiy salohiyatni muntazam ravishda oshirib borish va boshqalar.

2025/2026 oʻquv yilidan Universitet magistraturasida bosqichma-bosqich хorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti kuzatuv kengashining tarkibi;
  • 2025-2027 yillarda Toshkent davlat tibbiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-teхnik bazani mustahkamlash boʻyicha "yoʻl хaritasi";
  • Toshkent davlat tibbiyot universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan ob’yektlar roʻyхati.

Bundan tashqari, hujjat bilan Universitet tuzilmasida homiylik хayriyalari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobidan toʻldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI

personmaftuna 24-03-24, 17:18
0 INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI TASHKIL ETILADI

“Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada...

“MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI

personmaftuna 05-05-24, 11:50
0 “MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.2024-yildagi 156-son qarori bilan jamoatchilik fikri asosida...

BILASIZMI?

personmaftuna 26-01-24, 02:47
0 BILASIZMI?

Tug‘ilishni qayd etish FHDY organlarida bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshirilishi lozim....

menu
menu