VASIYLIK VA HOMIYLIK
Vasiylik — 14 yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli.
Homiylik — 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs — o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxs.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar — alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar.
Vasiylikni belgilash
Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Vasiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik vasiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi.
Homiylikni belgilash
Homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin.
Homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Homiylik homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИК БЎЙИЧА ҚАРОР УСТИДАН ШИКОЯТ БЕРИШ
personmaftuna 23-03-24, 22:4325.12.2023 йил кунги ЎРҚ-884-сон Қонун Президент томонидан имзоланди. Қонун билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги...
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA MA’MURIY
personmaftuna 27-03-24, 11:44Oʻzgartirish va qoʻshimchalar: -Jinoyat kodeksi; -Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilmoqda. Uchuvchisiz...
OTALIK (ONALIK) TO‘G‘RISIDA E’TIROZ BILDIRISH
personmaftuna 28-06-24, 22:38O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasiga asosan Tug‘ilishni yozish daftaridagi tug‘ilishga oid yozuv...