OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA MA’MURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDAGI QONUN IMZOLANDI
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar:
-Jinoyat kodeksi;
-Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilmoqda.
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish buyumlarni musodara qilib BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima qoʻllashga sabab boʻladi (ma’muriy javobgarlik).
Yuqoridagi harakatlarni sodir etgan shaхs uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz iхtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shaхs yuqoridagi qilmishni ushbu harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan soʻng sodir etgan boʻlsa, unga nisbatan BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH
personmaftuna 16-12-24, 19:23Qonunga ko'ra, quyidagilar bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllaridir: jismoniy zo‘ravonlik; jinsiy zo‘ravonlik;...
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ҲУЗУРИДАГИ ДАВЛАТ
personmaftuna 05-06-25, 13:53“Истиқболли кадрларни мақсадли тайёрлаш ҳамда уларни давлат бошқаруви ва хизматига самарали жалб этиш тизимини янада...
ИШЛОВЧИ ҲОДИМЛАР ҚАНДАЙ ҲУҚУҚЛАРГА ЭГА ?
personmaftuna 23-03-24, 21:52Меҳнат кодексининг 21-моддасига асосан, ҳодим қуйидаги ҳуқуқларга эга: -қонунчиликда белгиланган тартибда меҳнат...