CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLAR ISHTIROKIDA OILAVIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH
Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish o‘sha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan o‘sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda o‘sha davlat va O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari o‘rtasida boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonun hujjatlariga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo‘lsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostilь qo‘yilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
O‘zbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan MDH mamlakatlari fuqarosining, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi, agar shaxsini tasdiqlovchi hujjatda bunday belgi qo‘yish uchun joy mavjud bo‘lsa.
FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi bo‘lgan xorijiy davlatga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma belgilangan tartibda yuboriladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MEHNAT SHARTNOMASI MUDDATI TUGASA BEKOR BOʻLADIMI?
personmaftuna 02-05-24, 00:24Mehnat Kodeksining 158-moddasiga asosan Muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor...
ЙЎЛ ЧИЗИҚЛАРИНИ БОСГАНЛИК УЧУН РАДАР ОРҚАЛИ ЖАРИМА
personmaftuna 05-06-25, 14:03“Транспорт воситаларидан фойдаланишда аҳолига қўшимча қулайликлар яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори...
BAHOLASH FAOLIYATI: TEKSHIRUVLARDA BAHOLOVCHINING EKSPERT
personmaftuna 19-09-24, 07:09O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.08.2024-yildagi “Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi...