Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOHNI SUD TARTIBIDA BEKOR QILISH

NIKOHNI SUD TARTIBIDA BEKOR QILISH

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga etmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi. Agar xotin homilador bo‘lsa nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etiladi.

          Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvi O‘zbekiston Respublikasining FHDYo organlari tomonidan qayd etilgan er-xotinlar tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risida ariza YaIDXP orqali elektron shaklda berilishi mumkin, ushbu Qoidalarning 102-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar (Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi) bundan mustasno.

          Bunda er-xotinning shaxsi Face-ID yoki MyID tizimlari orqali tasdiqlanadi hamda er-xotin tomonidan o‘z shaxsini Face-ID yoki MyID tizimlari orqali tasdiqlashi nikohdan ajratishga nisbatan rozilikni bildiradi.

          FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay bu haqida er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

          Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

          Birgalikda farzandlar bo‘lgan taqdirda nikohni bekor qilish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • pasport nusxalari (ID-karta);
  • bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (nusxasi);
  • nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (asl nusxasi);
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya (2 BHM). Takroriy nikoh bekor qilingan taqdirda (4 BHM).

          Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.

          Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

          Nikohdan ajralishni sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida qayd etish er yoki xotinning yoxud er yoki xotindan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining nikohdan ajralishni qayd etish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi. Bunda arizaga sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi.

          Sud qarori bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi FHDYo bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

МАҲКУМЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИ ВА ҚОНУНИЙ МАНФААТЛАРИ ЯНАДА

personmaftuna 15-12-24, 18:34
0 МАҲКУМЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИ ВА ҚОНУНИЙ МАНФААТЛАРИ ЯНАДА ИШОНЧЛИ ҲИМОЯ ҚИЛИНАДИ

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-948-сон, 28.08.2024 й.) билан Жиноят-ижроия кодексига ўзгартириш ва...

СОЛИҚЛАР ЁКИ ЙИҒИМЛАРНИ ТЎЛАШДАН БЎЙИН ТОВЛАГАНЛИК УЧУН

personmaftuna 24-03-24, 16:48
0 СОЛИҚЛАР ЁКИ ЙИҒИМЛАРНИ ТЎЛАШДАН БЎЙИН ТОВЛАГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК !

Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 174-моддасига кўра, солиқ олинадиган фойдани (даромадни) ёки бошқа...

NIKOH TUZISH TARTIBI

personmaftuna 29-06-24, 09:07
0 NIKOH TUZISH TARTIBI

Oila kodeksining 13-moddasiga asosan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy...

menu
menu