Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOH TUZISH TARTIBI

NIKOH TUZISH TARTIBI

Oila kodeksining 13-moddasiga asosan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.

Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin.

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

 

Boshqa maqolalar

SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL

personmaftuna 05-05-24, 12:23
0 SPORT VAZIRLIGI QOSHIDA OGʻIR ATLETIKA MARKAZI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-137-sonli “Ogʻir atletika sport turini yanada...

TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

personmaftuna 30-09-24, 02:38
0 TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga...

MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILISH UNDA DAVLAT BOJI BEKOR

personmaftuna 23-01-24, 00:31
0 MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILISH UNDA DAVLAT BOJI BEKOR QILINDI

Fuqarolar mansabdor shaxslarning harakatlari, harakatsizliklari, qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda...

menu
menu