YURIDIK XIZMAT NIMA?
Yuridik xizmat — davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
Yuridik xizmat bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga bo‘ysunadi.
Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsulьt, etakchi yuriskonsulьt, katta yuriskonsulьt yoki yuriskonsulьtdan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuridik xizmat oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsulьt lavozimida oliy yuridik maʼlumotga ega boʼlgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʼyicha professional oʼqitish markazida yuridik mutaxassislik boʼyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.
Yuridik xizmat boshligʼi lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega boʼlgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʼyicha professional oʼqitish markazida yuridik mutaxassislik boʼyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan, shuningdek, yuridik mutaxassislik boʼyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʼlgan shaxs tayinlanadi;
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan oʼtadilar.
Аdliya organlarida stajirovkadan oʼtish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PENSIYAGA QO‘SHILADIGAN USTAMALAR
personmaftuna 29-06-24, 08:43"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra, belgilangan tartibda hisoblab...
“IQTIDOR MAKTAB ANSAMBLI” RESPUBLIKA TANLOVI O'TKAZILADI
personmaftuna 19-11-24, 18:30“ Umumiy o ' rta ta ' lim maktablarida musiqa madaniyati fani o ' qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan...
YOSHLAR DAFTARI
personmaftuna 28-06-24, 12:13«Yoshlar daftari»ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan toifadagi yoshlar kiritilishi belgilangan. «Yoshlar...