PENSIYAGA QO‘SHILADIGAN USTAMALAR
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi;
I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
II guruh yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
O‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.
Yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
SUDYA O‘Z TASHABBUSI BILAN MUROJAAT QILISH MUDDATI UZRSIZ
personmaftuna 07-02-25, 13:44Ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha da'vo ariza xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi...
TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI
personmaftuna 24-08-25, 18:26Vazirlar Mahkamasining 24.12.2024-yildagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga...
“АЁЛЛАР ДАФТАРИ” РЎЙХАТИГА КИРИТИЛГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ
personmaftuna 26-03-24, 02:061.Хотин-қизларнинг бандлигига қуйидаги йўналишларда кўмаклашилади: а) секторлар раҳбарлари туман (шаҳар) инвестиция...