Kuzatuvchi » Siyosiy » QAYSI HOLATLARDA XODIMLARNI ISH VAQTIDA MEHNAT MAJBURIYATLARIDAN OZOD ETISH MUMKINLIGI HAQIDA BILASIZMI?

QAYSI HOLATLARDA XODIMLARNI ISH VAQTIDA MEHNAT MAJBURIYATLARIDAN OZOD ETISH MUMKINLIGI HAQIDA BILASIZMI?

Xodimga dam olish uchun emas, balki boshqa maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etish davrlari dam olish vaqtiga kirmaydi.         Bunday davrlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilinishi to'g'risidagi ogohlantirish muddati davrida xodimga ishga joylashish uchun beriladigan ishdan bo'sh bo'linadigan qo'shimcha kunlar;
  • o'n olti yoshga to'lguniga qadar nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxsga) beriladigan ishdan bo'sh bo'linadigan qo'shimcha kunlar;
  • homilador ayollarga beriladigan ishdan bo'sh bo'linadigan kunlar;
  • donorlarning tibbiy tekshiruv kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod etilishi;
  • ijtimoiy ta'tillar: homiladorlik va tug'ish ta'tillari, bolani parvarishlash ta'tillari, o'quv ta'tillari va ijodiy ta'tillar;
  • xodim tomonidan davlat yoki jamoat majburiyatlari bajariladigan davrlar;
  • ish beruvchining va mehnat jamoasining manfaatlarini ko'zlab majburiyatlar bajariladigan davrlar;
  • xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari;
  • xodimga dam olish uchun emas, balki mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o'zga maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning boshqa davrlari.
  • boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan, texnologiya hamda ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish yoxud ushbu mehnat faoliyati turining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq tanaffuslar;
  • yilning issiq yoki sovuq mavsumida ochiq havoda yoxud sovitilmaydigan yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda ishlaydigan, shuningdek yuk ortish-tushirish ishlarida band bo'lgan shaxslar uchun maxsus tanaffuslar. Ish beruvchi isitish, sovitish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan va xodimlarning dam olishi uchun yaroqli bo'lgan xonalarni ta'minlashi shart. Bunday tanaffuslar taqdim etiladigan ishlarning ro'yxati, harorat ko'rsatkichlari, shuningdek ushbu tanaffuslarning davriyligi va davomiyligi ish o'rinlarini mehnat sharoitlari hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfi bo'yicha attestatsiyadan o'tkazish asosida belgilanadi;
  • bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar.

 

 

A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

 

Boshqa maqolalar

OʻQITUVCHI NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYADA ISHTIROK

personmaftuna 15-05-24, 07:55
0 OʻQITUVCHI NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYADA ISHTIROK ETMASA NIMA BOʻLADI?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun...

QAYSI HOLLARDA ISH BERUVCHI DAM OLISH KUNIDA ХODIMNI

personmaftuna 29-09-24, 15:38
0 QAYSI HOLLARDA ISH BERUVCHI DAM OLISH KUNIDA ХODIMNI ISHLATGANI UCHUN JAVOBGAR BOʻLADI?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari хodimning roziligisiz ishga...

MEHNAT SHARTNOMASIDA QANDAY REKVIZITLAR KO’RSATILISHI KERAK

personmaftuna 30-09-24, 02:00
0 MEHNAT SHARTNOMASIDA QANDAY REKVIZITLAR KO’RSATILISHI KERAK ?

Mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining...

menu
menu