Kuzatuvchi » Siyosiy » KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH (DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI TOMONIDAN XALQARO VA BOSHQA RASMIY TADBIRLARDA SOVG'A OLISH TARTIBI)

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH (DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI TOMONIDAN XALQARO VA BOSHQA RASMIY TADBIRLARDA SOVG'A OLISH TARTIBI)

Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a'zolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega bo'lgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a'zolariga) beg'araz ko'rsatilgan xizmat sovg'a hisoblanadi.

Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovg'alar olish taqiqlanadi. Bundan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovg'alar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovg'alar mustasno.

Davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O'zbekistonda o'tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg'a olishi mumkin.

O'zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg'a olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg'a quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar bo'lishi;
  • sovg'a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo'lishi;
  • sovg'a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
  • davlat organining obro'siga putur yetkazmasligi;
  • manfaatlar to'qnashuvi yoki korruptsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg'ani tadbirdan kelgandan so'ng 3 ish kunida xo'jalik bo'limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

Sovg'aning qiymati aniq bo'lmasa, xo'jalik bo'limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan ko'p bo'lmasa, sovg'a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

Sovg'a qiymati BHMning 4 baravaridan ko'p bo'lsa, u moliya-iqtisod bo'linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi. 

Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg'alar (gul, shirinliklar), shuningdek kantselyariya to'plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg'a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg'alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.

Mazkur nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi.

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

personmaftuna 30-09-24, 11:58
0 DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuni 12.03.2021-yil qonuninga asosan davlat buyurtmachisi...

ЭР-ХОТИН НИКОҲДАН АЖРАТИЛАЁТГАНИДА СУД ТОМОНИДАН ҚАНДАЙ

personmaftuna 30-09-24, 16:02
0 ЭР-ХОТИН НИКОҲДАН АЖРАТИЛАЁТГАНИДА СУД ТОМОНИДАН ҚАНДАЙ МАСАЛАЛАР ҲАЛ ЭТИЛИШИ КЕРАК ?

Оила кодексининг 44-моддасига асосан, Эр-хотин никоҳдан суд тартибида ажратилаётганда суд: никоҳдан ажратилгандан кейин...

FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI

personmaftuna 28-06-24, 22:52
0 FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI BILASIZMI?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 227-moddasiga asosan. Familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik...

menu
menu