Kuzatuvchi » Siyosiy » OʻQITUVCHI NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYADA ISHTIROK ETMASA NIMA BOʻLADI?

OʻQITUVCHI NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYADA ISHTIROK ETMASA NIMA BOʻLADI?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.

Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi. 

Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

    Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

PIYODALARGA LOYQA SACHRATISH JAVOBGARLIKKA SABAB BO’LADI !

personmaftuna 19-11-24, 23:20
0 PIYODALARGA LOYQA SACHRATISH JAVOBGARLIKKA SABAB BO’LADI !

Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘lovchilarga loyqa sachratishi BHMning...

VOSITACHILIK SHARTNOMASI

personmaftuna 14-05-24, 02:35
0 VOSITACHILIK SHARTNOMASI

Vositachilik shartnomasi bo‘yicha bir taraf vositachi ikkinchi tarafning komitent topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan,...

XORIJIY KOMPANIYALARNING AKKREDITATSIYA PASPORTI TASDIQLANDI

personmaftuna 21-02-24, 06:51
0 XORIJIY KOMPANIYALARNING AKKREDITATSIYA PASPORTI TASDIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 07.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida х orijiy tijorat tashkilotlarining vakolat...

menu
menu