NODAVLAT SUD-EKSPERTIZA INSTITUTI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 08.09.2025 yildagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 270-sonli qarori qabul qilindi.
Quyidagilar sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
(a) sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to'liqligini ta'minlash;
(b) sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o'zaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish;
(v) sud-tergov organlarining mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib, davlat sud-ekspertiza muassasalarida o'tkaziladigan ekspertiza turlari sonini 90 taga yetkazish hamda ularning hududiy bo'limlaridagi ekspertizalar sonini 2 barobarga ko'paytirish;
(g) nodavlat sud-ekspertiza instituti rolini yanada oshirish va ular faoliyatiga har tomonlama ko'maklashish orqali ekspertiza tadqiqotlarini o'tkazishdagi ulushini 5 barobarga oshirish;
(d) davlat sud-ekspertiza muassasalarining akkreditatsiyadan o'tkazilgan laboratoriya va bo'limlari sonini 4 barobarga oshirish.
Qarorga ko‘ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining ixtiyoriy a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi.
Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlarning adolatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2025-yil 1 noyabrdan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
2025-yil 1 dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
2025-yil 15-dekabrdan shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
2026-yildan 1 yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari ob’ektlarni ko‘zdan kechirish uchun joylarga chiqqanda majburiy ravishda mobil videokamera (bodikamera)lardan foydalanishi tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
VAZIRLIK HUZURIDA TAʼLIM SOHASIDA OVQATLANTIRISHNI TASHKIL
personmaftuna 30-01-25, 10:14Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida...
ТАЪЛИМ КРЕДИТИ ФАҚАТ КУНДУЗГИ ТАЪЛИМ ШАКЛИДА ЎҚИЁТГАН
personmaftuna 30-05-24, 13:06“Олий ва профессионал таълим ташкилотлари талабалари ва ўқувчиларига бюджет маблағлари ҳисобидан таълим кредитини...
XODIMNING HUQUQLARI
personmaftuna 26-09-24, 01:55Mehnat Kodeksining 21-moddasiga muvofiq, xodim quyidagi huquqlarga ega: mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda...