XODIM BOSHQA JOYDAGI ISHGA KO‘CHIB O‘TAYOTGANDA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI QANDAY TARTIBDA BO‘LADI?
Ish beruvchi bilan oldindan kelishuv bo‘yicha boshqa joyga ishga ko‘chib o‘tgan xodimlarga, shuningdek taqsimot bo‘yicha yashash joylaridan tashqarida ish joyi berilgan ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
- xodim va oila a’zolari (er, xotin, ular bilan birga yashaydigan, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari) yo‘lkirasining yo‘l chiptalarini olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlari miqdoridagi qiymati;
- temir yo‘l yoki avtomobilь transportida xodimning o‘ziga besh yuz kilogrammgacha va u bilan birga ko‘chib o‘tayotgan oila a’zolariga jami besh yuz kilogrammgacha bo‘lgan mol-mulkni tashish xarajatlari;
- yo‘lda bo‘lishning har bir kuniga xizmat safarlari uchun nazarda tutilgan miqdorda sutkalik to‘lovlar;
- agar ko‘chib o‘tayotgan xodimning ushbu joyda shaxsiy uy-joyi mavjud bo‘lmasa hamda ish beruvchi ushbu xodimga va uning oila a’zolariga tegishli uy-joy taqdim etmasa, uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
- yangi ish joyi bo‘yicha bir oylik tarif stavkasi (maosh) miqdorida bir martalik nafaqa (ko‘tarma pul), shuningdek xodim bilan birga ko‘chib o‘tayotgan har bir oila a’zosiga ko‘chib o‘tayotgan xodim tarif stavkasining (maoshning) uchdan bir qismi, basharti ushbu oila a’zolari xodimga alohida uy-joy berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida ko‘chib o‘tsa.
⇒ Agar xodim boshqa joydagi ishga kelmasa, xuddi shuningdek mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda uzrli sababsiz ishga kirishmasa, shuningdek, agar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning tashabbusi bilan yoki ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, xodim (bitiruvchi) olingan mablag‘ni qaytarib berishi shart.
⇒ Agar xodim uzrli sababga ko‘ra (ishning davom etishiga to‘sqinlik qiladigan kasallik, ish joyi joylashgan hududdan tashqarida istiqomat qiluvchi o‘z qaramog‘idagi shaxslarga g‘amxo‘rlik qilish zarurati va boshqalar) ish boshlamagan bo‘lsa yoki ish boshlagan kunidan e’tiboran bir yil o‘tguniga qadar mehnat shartnomasini bekor qilsa, olingan mablag‘larni ish beruvchiga qaytarishi kerak, bundan yo‘lkira qiymati mustasno.
⇒ Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjatda boshqa joyda ishlash uchun ketayotgan xodimlar uchun to‘lovlarning nazarda tutilganidan yuqoriroq miqdorlari belgilanishi mumkin.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
SUBVENSIYA NIMA ?
personmaftuna 28-06-24, 17:18O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasiga ko’ra. Muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori...
CHANG BOʻRONLARIGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA MILLIY DASTUR
personmaftuna 26-12-24, 16:41O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.09.2024-yildagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi...
QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR BOLA ASRAB OLISHI MUMKIN EMAS?
personmaftuna 10-12-24, 09:39Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Quyidagi shaxslarning farzand asrab...