Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLANING ISM, OTA ISMI VA FAMILIYA OLISH HUQUQI QANDAY TANLANADI?

BOLANING ISM, OTA ISMI VA FAMILIYA OLISH HUQUQI QANDAY TANLANADI?

Bolaga ism ota-onaning kelishuviga asosida, ota ismi otasining ismiga ko‘ra beriladi.

Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.

Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.

Agar bola 16 va undan katta yoshda bo‘lsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, uning tug‘ilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga etgan bolaning arizasiga ko‘ra qayd etiladi.

Bola 16 yoshga to‘lguncha ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, 16 yoshga to‘lgach o‘z arizasiga binoan ismini, unga berilgan familiyani FHDYo organi orqali o‘zgartirishga haqli.

Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.

Agar bola o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan va unga nisbatan otalik belgilanmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.

10 yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

 

                                                          A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA

personmaftuna 23-07-24, 14:22
0 BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA UNDAN TASHQARIDA AMALGA OSHIRILADI

Qonunchilikka ko'ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo'yicha davlat...

ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

personmaftuna 24-01-24, 16:07
0 ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat...

AKADEMIK TA’TIL BERISH: U QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

personmaftuna 29-11-24, 05:50
0 AKADEMIK TA’TIL BERISH: U QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq,...

menu
menu