AKADEMIK TA’TIL BERISH: U QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish va akademik ta’tildan so‘ng ularning o‘qishini davom ettirish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin: harbiy xizmatni o‘tash uchun, salomatligini tiklash uchun, homiladorlik va tug‘ish uchun, bolalarni parvarish qilish uchun, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
Akademik ta’til olish uchun talaba (sog‘lig‘i holatiga ko‘ra talaba shaxsan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki turmush o‘rtog‘i) tomonidan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi. Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Talabaga akademik ta’til berish oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatilishi shart.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
АЙРИМ МАКТАБЛАРДА ФАНЛАРНИ ЧЕТ ТИЛИДА ЎҚИТИШ АМАЛИЁТИ ЖОРИЙ
personmaftuna 13-04-24, 01:53Фармонга кўра, ( https :// t . me / huquqiyaxborot /15704) 2024/2025 ўқув йилидан Агентлик тизимидаги ижод ва...
ЧОРВАЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИГА СУБСИДИЯЛАР АЖРАТИЛАДИ
personmaftuna 22-02-24, 06:40Вазирлар Маҳкамасининг 26.01.2024 йилдаги 52-сонли “Чорвачилик хўжаликларига хорижий давлатлардан импорт қилинган...
ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИДАН НОҚОНУНИЙ ФОЙДАЛАНИШ ҲОЛАТЛАРИГА
personmaftuna 25-08-25, 02:47“Энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларига қарши курашиш соҳаси такомиллаштирилиши муносабати билан...