ELEKTRON RAQAMLI IMZONI BERISH
Elektron raqamli imzoni Davlat xizmatlari markazlari yoki e-imzo platformasi orqali olish mumkin va u bilan boshqa davlat xizmatlarini olayotganda foydalanish mumkin.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- belgilangan shaklda so‘rovnoma;
- agar ERI yopiq kaliti egasi yuridik shaxsning vakili (yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo‘lsa, so‘rovnomaga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish to‘g‘risida yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) ilova qilinadi.
To‘lov: Yuridik shaxslardan BHMning 10 %, jismoniy shaxslardan 7 % miqdorida yig‘im undiriladi.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilariga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.
Muddat: 40 daqiqa ichida.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
ERI kalitining egasi vafot etganida;
ERI kaliti egasi ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddatini tugatish bo'yicha murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda.
Mazkur bandning ikkinchi va to'rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda ERI kaliti sertifikatining amal qilishi ERI kaliti egasining murojaatlarisiz tugatiladi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYAT QANDAY OSHIRILADI?
personmaftuna 21-02-25, 10:08O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2024-yildagi “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni...
ШИФОКОРЛАРГА ЕТКАЗИБ ҚЎЙИНГ
personmaftuna 29-03-24, 06:13Янги таҳрирдаги Меҳнат кодексида тиббиёт ходимларига тегишли бўлган, эски таҳрирдаги Меҳнат кодексида мавжуд бўлмаган...
MEHNATGA LAYOQATSIZLIKNI EKSPERTIZALASH
personmaftuna 28-09-24, 00:41Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertizalash davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolovchi shifokorlari tomonidan...