Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHGA QABUL QILISH CHOG‘IDA TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR

ISHGA QABUL QILISH CHOG‘IDA TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR

Ishga qabul qilishda ishga kirayotgan shaxslardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasportni yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;
  • oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o‘rniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi ma’lumotnomani taqdim etadi;.
  • harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

Ish beruvchi:

  • birinchi marta ishga kirgan, 5 kundan ortiq ishlagan shaxslarga va qonunchilikda o‘ziga nisbatan mehnat daftarchalarini yuritish nazarda tutilmagan ilgari ishlagan shaxslarga mehnat daftarchasini rasmiylashtirishi;
  • ilgari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobda turmagan xodimlarni bunday hisobga qo‘yish uchun choralar ko‘rishi shart.
  • Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan ushbu Kodeksda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Hayotiy misollar (case): Ishga kirish masalasi

G. ismli shaxs korxonaga ishga kirmoqchi bo‘lganida, undan o‘qishdan tavsifnoma olib kelish lozimligi talab qilinib, aks holda ishga qabul qilinmasligi ma’lum qilingani, korxona ma’muriyatining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini so‘radi.

Javob: Ushbu holatda G.ismli shaxsdan Mehnat kodeksining 124-moddasiga asosan:

pasportni yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani, 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;

oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o‘rniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi ma’lumotnomani taqdim etadi;.

harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

Demak, G. ismli shaxsdan o‘qishdan tavsifnoma olib kelishni talab qilish qonunga ziddir.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВА ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ НАРХИНИ

personmaftuna 12-03-24, 02:27
0 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВА ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ НАРХИНИ КЎРСАТУВЧИ АХБОРОТ ТИЗИМИ ИШГА ТУШИРИЛАДИ

“Республикада озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ-36-сон,...

“TELEKOMMUNIKASIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1015-SON,

personmaftuna 13-06-25, 01:17
0 “TELEKOMMUNIKASIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1015-SON, 27.12.2024 Y.) QABUL QILINDI

Qonun telekommunikasiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Oʻzbekistonda telekommunikasiyalar tarmoqlari...

AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI

personmaftuna 22-01-24, 19:20
0 AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI KAMAYTIRILDI

Prezident 16.01.2024-yilda OʻRQ-896-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi...

menu
menu