Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIM SIFATIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARINGIZNI BILASIZMI?

XODIM SIFATIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARINGIZNI BILASIZMI?

Har bir inson mehnat qilish, erkin ishni tanlash, adolatli mehnat sharoitlari va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.

Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida belgilangan yoshga etgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi mumkin.      

Xodim quyidagi huquqlarga ega:

  • mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan ta’minlanish;
  • mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega bo‘lish;
  • o‘z malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda ish haqi olish;
  • ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat ta’tillari berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
  • xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega bo‘lish, shuningdek ish joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish;
  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish;
  • jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular shartlarining bajarilishi to‘g‘risida axborot olish, shu jumladan o‘z vakillari orqali olish;
  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xodimga mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish;
  • o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
  • mehnat nizolarini ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hal qilish.

Xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN

personmaftuna 16-12-24, 11:14
0 PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi...

SUBSIDYPLATFORM.MF.UZ

personmaftuna 29-11-24, 05:25
0 SUBSIDYPLATFORM.MF.UZ

Subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi orqali ajratiladi "Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida...

OʻZGALARNING PARVARISHIGA MUHTOJ BOʻLGAN SHAХSLARGA QARAB

personmaftuna 24-06-24, 09:03
0 OʻZGALARNING PARVARISHIGA MUHTOJ BOʻLGAN SHAХSLARGA QARAB TURISHNING HOLATI TOʻGʻRISIDA MA’LUMOTNOMA BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATINI KOʻRSATISH REGLAMENTI ISHLAB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yildagi 318-sonli Qarori bilan oʻzgalarning parvarishiga...

menu
menu