KORPORATIV MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH YANADA SODDALASHTIRILADI
“Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–268-son, 05.09.2025-y) qabul qilindi Qarorga ko'ra, mas'uliyati cheklangan jamiyat (jamiyat) ishtirokchisi tarkibiga kirish yoki undan chiqarish faktining kuchga kirish mexanizmi soddalashtiriladi. Quyidagi hollarda jamiyat ishtirokchilari tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish amalda tegishli harakat hamda hodisa sodir etilgan paytdan boshlab yuzaga kelgan hisoblanadi, jumladan: ishtirokchilar tarkibidan majburiy chiqarish yoki unga majburiy kiritish, shu jumladan, jamiyatdagi ulush ishtirokchi va uchinchi shaxs o'rtasida umumiy mulk deb topilgan va uning tegishli qismiga mulk huquqi belgilangan holatlarda – sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan; jamiyat ulushi “E-auksion” elektron savdo platformasi va qonunchilikka muvofiq xususiylashtirishning boshqa usullari orqali sotilganda – savdo natijalari rasmiylashtirilib, ulush qiymati to'liq to'langan kundan; jamiyat ulushini sotish va uni sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish notarial shaklda amalga oshirilganda – bu haqida tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan kundan. Ishtirokchilar tarkibiga kirish yoki undan chiqish holatlarida jamiyat boshqa ishtirokchilarni 30 kun muddatda xabardor qiladi.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT MULKINI BOSHQARISH: NIMALAR OʻZGARDI?
personmaftuna 24-06-24, 10:22O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 19.04.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi...
QANDAY HOLATDA MOL-MULK MUSODARA QILINISHI MUMKIN?
personmaftuna 16-12-24, 11:15Mulkdor bo‘lish huquqining har bir shaxsga berilishi shaxsning huquqiy holati va maqomidan qat’i nazar, mol-mulkka ega...
XODIMGA QAT’IY HAYFSAN E’LON QILISH MUMKINMI?
personmaftuna 20-03-24, 06:44Odatda, aksariyat tashkilotlar oʻz хodimlarini umumiy intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga ega, ya’ni ularga faqat...