Kuzatuvchi » Siyosiy » QANDAY HOLATDA MOL-MULK MUSODARA QILINISHI MUMKIN?

QANDAY HOLATDA MOL-MULK MUSODARA QILINISHI MUMKIN?

Mulkdor bo‘lish huquqining har bir shaxsga berilishi shaxsning huquqiy holati va maqomidan qat’i nazar, mol-mulkka ega bulishi va qonunda belgilangan asoslar va tartibdan tashqari, barcha holatda mulkdorlik mavqeining saqlab qolishini anglatadi. Xususiy mulk huquqi muddatsizdir.

Mulkdorga mol­-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yul qo‘yilmaydi. Shaxsning mulk huquqini cheklash, mulkidan mahrum etish faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hollardagina amalga oshirilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksida mulk huquqi shaxslar o‘z majburiyatlarini bajarmaganda sud tomonidan ularning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ularning mol-mulkiga qaratilgan taqdirda olib qo‘yilishi mumkinligi belgilangan. Bunday hollarda mol-mulk mulkdorning erk-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda undan olib qo‘yiladi.

Shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

«Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 17-moddasida xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo‘yish, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkdorga uning bozar qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi sharti bilangina amalga oshirilishi belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 27-moddasida Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.

Shuningdek, o‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Mulkdor xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING “MAYNING-PUL

personmaftuna 27-03-24, 11:43
0 ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING “MAYNING-PUL FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUGʻI QABUL QILINDI

Ma’lumot uchun: mayning-pul – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron...

ДАВЛАТ РЎЙХАТИДАН ЎТМАСДАН ТАДБИРКОРЛИК ҚИЛИШ ЖАВОБГАРЛИККА

personmaftuna 30-09-24, 16:08
0 ДАВЛАТ РЎЙХАТИДАН ЎТМАСДАН ТАДБИРКОРЛИК ҚИЛИШ ЖАВОБГАРЛИККА САБАБ БЎЛАДИ!

МЖтК нинг 176-моддасига кўра, тадбиркорлик фаолиятини давлат рўйхатидан ўтмасдан амалга ошириш — ҳуқуқбузарлик...

HUKUMAT FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHLARI BELGILAB

personmaftuna 08-12-24, 13:47
0 HUKUMAT FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHLARI BELGILAB BERILDI

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida hukumat faoliyatining eng muhim...

menu
menu