“DAVLAT SIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1016-SON, 27.12.2024 Y.) QABUL QILINDI
Qonun Oʻzbekiston manfaatlarini koʻzlab ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi. Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bogʻlik boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi. Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. Ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish Oʻzbekistonda maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma'lumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaxsan javobgar boʻladi. Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur ma'lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi: maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”; maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”; maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”. Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PENSIYAGA CHIQISHDA ISH STAJI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR
personmaftuna 10-12-24, 11:30Bugungi kunda ba’zi holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilganlarida ish...
KONSTITUTSIYA VA QONUNNING USTUNLIGI
personmaftuna 29-11-24, 06:05Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni bo‘lib, u jamiyat va davlat tuzilishini belgilaydi, shuningdek, fuqarolarning...
ФУҚАРОЛАР ТЕЛЕФОН СЎЗЛАШУВЛАРИ ВА БОШҚА ЁЗИШМАЛАРИ СИР
personmaftuna 30-09-24, 06:13Конституциянинг 31-моддасига кўра, ҳар бир инсон шахсий ҳаётининг дахлсизлиги, шахсий ва оилавий сирга эга бўлиш, ўз...