KONSTITUTSIYA VA QONUNNING USTUNLIGI
Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni bo‘lib, u jamiyat va davlat tuzilishini belgilaydi, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.
Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
Konstitutsiyaning 16-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PENSIYA TAYINLASHNI SO‘RAB MUROJAAT ETISH TARTIBI
personmaftuna 13-04-24, 02:26Fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni so‘rab o‘z tanloviga ko‘ra quyidagi usullardan birini qo‘llagan...
“XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”GI PREZIDENT
personmaftuna 19-11-24, 23:11Unga ko‘ra, 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi...
26 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINI
personmaftuna 01-06-24, 02:25Prezident tomonidan 15.05.2024-yildagi “Uchinchi Toshkent х alqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar...