26 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH CHORALARI TASDIQLANDI
Prezident tomonidan 15.05.2024-yildagi “Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-179-son Qaror qabul qilindi.
Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yigʻilishi doirasida 26 mlrd AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
Kelishuvlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan:
- Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
- Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
- Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA
personmaftuna 30-01-25, 10:18Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222) 2024-yil 1-iyundan: Mehnat migratsiyasidan qaytgan...
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA
personmaftuna 12-12-24, 03:55To‘rt yil avval 23 foiz aholimizning daromadi kambag‘allik chegarasiga ham yetmas edi. O‘tgan davrda 3,5 million fuqaro...
YASHIL ENERGIYA SERTIFIKATINI BERISH TARTIBI BELGILANDI
personmaftuna 22-03-24, 00:45Unga ko ‘ ra , sertifikatlarni hisobga olish , savdosini tashkil qilish hamda monitoringini yuritish ishlari emitent...